SHHT Bishkek sammiti yakunida 22 ta hujjat imzolandi

Olam

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 14 iyun kuni Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tdi. Sammit so‘nggida SHHT davlat rahbarlari kengashining Bishkek deklaratsiyasi imzolandi. 

Bundan tashqari, SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari quyidagi 14 ta hujjatni imzoladilar: 

•    SHHTga a’zo davlatlarning 2018-2023 yillarga mo‘ljallangan giyohvandlikka qarshi kurash strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar dasturini bajarish bo‘yicha ish rejasini (2019-2020) tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror; 

•    SHHTga a’zo davlatlarning Mintaqaviy rahbarlar forumi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror; 

•    SHHTga a’zo davlatlarning raqamlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida hamkorlik qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror; 

•    SHHTga a’zo davlatlarning mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror;

•    SHHTning Bosh kotibining Tashkilot faoliyatiga o‘tgan yilgi hisobotini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror; 

•    SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Kengashining SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining 2018 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror; 

•    Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik konsepsiyasini bajarish bo‘yicha 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan harakat rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror;

•    SHHT Kotibiyati va BMTning insonparvarlik ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha idorasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash to‘g‘risidagi qaror; 

•    SHHT Kotibiyati va Jahon turistik tashkiloti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash to‘g‘risidagi qaror;

•    SHHT Kotibiyati va “Astana” Xalqaro moliya markazi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash to‘g‘risidagi qaror;

•    SHHT Kotibiyati va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash to‘g‘risidagi qaror;

•    SHHT Kotibiyati va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Evropa Iqtisodiy Komissiyasi Kotibiyati o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash to‘g‘risidagi qaror;

•    “SHHT-Afg‘oniston” muloqot guruhining keyingi harakati uchun yo‘l xaritasini imzolash to‘g‘risidagi qaror;

•    Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Davlat rahbarlari kengashining (imzolashsiz qabul qilingan) yig‘ilish yakunlari bo‘yicha ma’lumotnoma. 

Shuningdek, SHHT davlat rahbarlari kengashining majlisi doirasida a’zo mamlakatlar davlat organlari quyidagi hujjatlarni imzoladilar: 

•    SHHTga a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida ommaviy axborot vositalari sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim; 

•    SHHTga a’zo davlatlarning vakolatli organlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim; 

•    2019-2021 yillarda SHHTga a’zo davlatlarning sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha asosiy chora-tadbirlar rejasi;

•    SHHT kotibiyati va Jahon sayyohlik tashkiloti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi;

•    SHHT Kotibiyati va BMTning insonparvarlik yordamlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha idorasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi;

•    SHHT Kotibiyati va Ostona xalqaro moliya markazi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi;

•    SHHT-Afg‘oniston bilan aloqa guruhining keyingi harakatlari uchun yo‘l xaritasi.


Maqola muallifi

Teglar

ShHT Bishkek

Baholaganlar

13

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing