SHHT ham Isroilni qoraladi

Olam

image

Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (SHHT) a’zo davlatlar Yaqin Sharqdagi keskinlikning kuchayishidan jiddiy xavotir bildiradi va kecha, 13 iyun kuni Isroil tomonidan Eron hududiga uyushtirilgan harbiy zarbalarni qat’iy qoralaydi. Bu haqda tashkilotning Telegram sahifasida bayonot berildi. 

Qayd etilishicha, Isroil tomonidan yo‘llangan zarbalar fuqarolik ob’ektlariga, jumladan, yadroviy-energetik infratuzilmaga zarar yetkazgan hamda tinch aholining halok bo‘lishiga olib kelgan.

“Bu esa xalqaro huquq me’yorlari va tamoyillari hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Nizomini qo‘pol ravishda buzish, Eron suverenitetiga tajovuz qilish demakdir. Ushbu hujumlar mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikka jiddiy zarar yetkazadi hamda global tinchlik va barqarorlik uchun xavf tug‘diradi”, deyiladi bayonotda. 

Shuningdek, unda a’zo davlatlar Eron yadroviy dasturi atrofidagi vaziyatni faqat tinch, siyosiy va diplomatik yo‘l bilan tartibga solish tarafdori ekani bildirilgan.

Qolaversa, SHHT a’zolari Eron xalqi va hukumatiga samimiy hamdardlik bildirgan.

“SHHTga a’zo davlatlar tashkilot a’zolarining manfaatlariga qarshi qaratilgan har qanday noqonuniy harakatlarni mutlaqo qabul qilmasliklarini bildiradi va xalqaro tinchlik hamda xavfsizlikni mustahkamlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi”, deyiladi bayonotda. 

Ma’lumot uchun, SHHT a’zolari qatoriga Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston, Pokiston, Hindiston, Eron va Belarus kiradi. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 13 iyun kuni Isroil tomoni Eron hududiga zarbalar yo‘lladi. Ushbu zarbalar oqibatida mamlakatda ko‘plab vayronagarchiliklar to‘planib qoldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil tomonining zarbalari oqibatida 60 kishi halok bo‘lganb ular orasida 20 nafar bolalar ham bor. Qolaversa, hujumlarda yuqori martabali harbiy amaldorlar, jumladan Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Muhammad Bag‘iriy, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni Husayn Salamiy, Eron Qurolli kuchlari markaziy shtab-kvartirasi (Xatam al-Anbiya) qo‘mondoni G‘olomali Rahim, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Harbiy havo qo‘mondoni Ali Hojizoda va to‘qqizta yadro olimlari halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Yaqin Sharq Shanxay Hamkorlik Tashkiloti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing