Isroilning Tehrondagi binoga bergan zarbasida 20 bola halok bo‘ldi

Olam

image

Isroil Tehronning Chamran tumanidagi binoga bergan zarbasi oqibatida 60 kishi, jumladan, 20 bola halok bo‘ldi. Bu haqda Eron davlat televideniyesi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, kecha, 13 iyun kungi hujumdan maqsad Chamran tumanidagi 14 qavatli bino bo‘lgan. Xabar qilinishicha, o‘ldirilgan 60 kishining barchasi binoda bo‘lgan, ulardan 20 nafari bolalar.

13 iyun kuni Isroil Eronning turli shaharlaridagi yadro inshootlariga, jumladan, mamlakat oliy harbiy qo‘mondonligiga keng ko‘lamli hujumlar uyushtirdi. Hujumlarda yuqori martabali harbiy amaldorlar, jumladan Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Muhammad Bag‘iriy, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni Husayn Salamiy, Eron Qurolli kuchlari markaziy shtab-kvartirasi (Xatam al-Anbiya) qo‘mondoni G‘olomali Rahim, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Harbiy havo qo‘mondoni Ali Hojizoda va to‘qqizta yadro olimlari halok bo‘ldi. Shuningdek, 78 nafar tinch aholi qurbonlari borligi xabar qilingan.

Eron armiyasining Isroilga ballistik raketalarni qo‘llash bilan bog‘liq javob harakatlarida kamida 63 kishi jarohat oldi. Ko‘plab davlatlar Isroilning harakatlarini qoraladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 13 iyun kuni Isroil Eronga raketa hujumlari uyushtirdi. Oqibatda mamlakatning bir nechta yuqori lavozimli qo‘mondonlari, shuningdek, tinch aholi vakillari halok bo‘ldi. Shuningdek, yadroviy inshootlar zarar ko‘rdi. Umuman olganda, Isroilning 13 iyunga o‘tar kechasi boshlangan yirik zarbalari Eronning 20 ga yaqin yuqori martabali harbiy rahbarlari va asosiy yadroviy olimlarining hayotiga zomin bo‘ldi.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Isroilning Eron yadroviy ob’ektlariga bergan zarbalaridan xavotir bildirib, tomonlarni bosiqlikka chaqirdi.

Isroil tomonidan Eronga qarshi amalga oshirilgan keng ko‘lamli hujumlardan so‘ng, Eron Isroilga qarshi o‘z javob zarbalarini yo‘lladi. Eron harbiy kuchlari tomonidan Isroil hududiga qarata 200 dan ortiq dron va ballistik raketalar uchirilgan. Isroil Mudofaa kuchlari ushbu zarbalarni tasdiqlagan va havo mudofaa tizimlari zudlik bilan ishga tushirilgan. SAXAL rasmiy bayonotida aytilishicha, Isroil havo mudofaasi katta miqdordagi hujumchi dron va raketalarni tutib qolishga muvaffaq bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan va 10 dan ortiq kishi jarohat olgan. Isroil tomoni esa 1 kishining o‘limini tasdiqlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing