Sevinch Rahimova O‘zbekiston delegatsiyasiga navbatdagi oltin medalni keltirdi

Sport

image

Karate WKF yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sevinch Rahimova Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi. Bu haqda ayni vaqtda Xitoyda bo‘lib turgan QALAMPIR.UZ muxbiri Shaxzod Shukurov xabar berdi. 

Uning ma’lum qilishicha, bugun, 7 oktyabr kuni Sevinch Rahimova musobaqaning karate WKF yo‘nalishi bo‘yicha final jangida Xitoy Taipeyi vakili Sui-Ping Kuni mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo o‘yinlari oltin medali sohibasiga aylangan. 

Ma’lumot uchun, hozirda delegatsiya hisobida jami 66 medal (21 ta oltin, 18 ta kumush, 27 ta bronza) bor. O‘zbekiston bu orqali medallar jamg‘arish bo‘yicha umumiy reytingning 5-pog‘onasidagi o‘rnini yanayam mustahkamlab qo‘ydi.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo o'yinlari Karate WKF Sevinch Rahimova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made