Sevgan qiziga “shantaj” qilgan yigit IIB xodimlari tomonidan ushlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 6 may kuni Navoiy viloyatida IIB va DXX xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirga viloyatning Navbahor tumanida istiqomat qiluvchi S.O‘. ning arizasi sabab bo‘ldi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 27 yoshli F.X. 2018 yildan hozirgi kunga qadar S.O‘. bilan yaqin munosabatda bo‘lib kelgan. S.O‘. fosh etilishini xohlamagan ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborishini ma’lum qilib, undan 3 000 000 so‘m pul talab qilgan. Shu kuni soat 18:30 u pullarni olgan vaqtida ushlangan.

“Tadbir davomida F.X. dan 3 000 000 so‘m ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib olingan”, deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan Navbahor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

DXX jinoyat

Baholaganlar

705

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing