Seulda koronavirusning uchinchi to‘lqini boshlandi
Olam
−
20 noyabr 2020
6613Koreya Respublikasi poytaxti Seulda koronavirus infeksiyasining uchinchi to‘lqini boshlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vazirligi vakili Yun Txe Xo aytib o‘tgan.
"Bizning fikrimizcha, hozirgi paytda poytaxtda infeksiyaning uchinchi to‘lqini ketyapti", degan u.
Xoning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan bir kun ichida Seulda 218 ta koronavirus holati aniqlangan. Bu avgust boshidan buyon eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Respublika Bosh vaziri Chon Se Gyun fuqarolarni mas’uliyatli bo‘lishga, ommaviy tadbirlarni, shu jumladan an’anaviy Yangi yil kechalarini o‘tkazmaslikka chaqirgan.
Pandemiya boshlanganidan buyon mamlakatda 30 ming 17 nafar kishida koronavirus aniqlangan. 26 ming 263 kishi sog‘aygan. 501 nafar bemor virus qurboni bo‘lgan.
Avvalroq, Tojikistonda koronavirus pandemiyasi tufayli Yangi yil bayramini nishonlash bilan bog‘liq barcha tadbirlar bekor qilingani haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi