Seul-Toshkent reyslari haqidagi ma’lumot yolg‘onmi?
Jamiyat
−
07 mart 2020
8203Ijtimoiy tarmoqlarda anonim foydalanuvchilar tomonidan bir muddat oldin e’lon qilingan 2020 yil mart oyiga rejalashtirilgan aviareyslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yolg‘on degan xabar tarqaldi. O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi ushbu xabarlarni rad etdi.
Elchixona yana bir bor Koreya Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga shuni ta’kidladiki, aviaqatnovlar hech qanday o‘zgarishsiz quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
8 mart kuni – Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan (uchish vaqti 22:50 da);
15 mart kuni – Asiana Airlines aviakompaniyasi tomonidan;
22 mart kuni – Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan;
29 mart kuni –Asiana Airlines aviakompaniyasi tomonidan.
“Hurmatli vatandoshlar, Sizdan har xil yolg‘on ma’lumotlarga ishonmasligingizni va savollar tug‘ilgan taqdirda Uzbekistan Airways AJning Seul shahridagi vakolatxonasiga quyidagi raqam orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz (+82 10-8718-6850)”, deyiladi elchixonaning rasmiy internet-resurslarida joylashtirilgan xabarda.
LiveBarchasi