Seul ballistik raketa uchirgan Pxenyanni sanksiyalar bilan jazoladi

Olam

image

Shimoliy Koreya tomonidan joriy yilning 12 iyul kuni qit’alararo ballistik raketa uchirilishi munosabati bilan Janubiy Koreya hukumati Pxenyanga nisbatan sanksiyalarni uzaytirdi. Bu haqda bugun, 14 iyul kuni Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Yangi cheklovlar ro‘yxatiga to‘rt kishi va uchta tashkilot kirtilgan. Ular orasida KXDRning amaldagi va sobiq yuqori martabali amaldorlari, jumladan, Koreya xalq armiyasi bosh siyosiy byurosi direktori Chon Gyon Txek hamda tashviqot departamentining sobiq direktori Pak Kvan Xo bor. Seulning “qora ro‘yxat”i Kongo Aconde’ning ikki asoschisini ham chetlab o‘tmagan.

Qayd etilishicha, tilga olingan shaxslar KXDR raketa-yadroviy dasturini ishlab chiqish, uni moliyalashtirishga hissa qo‘shish va BMT Xavfsizlik Kengashi sanksiyalarini buzuvchi tijorat faoliyati bilan shug‘ullanishda ayblangan.

Bundan tashqari, qurilish biznesi bilan shug‘illanuvchi Kongo Aconde va Chosun Baekho kompaniyalariga ham sanksiyalar qo‘llanilgan.

Ma’lumot uchun, 2022 yil may oyida Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol qasamyod qabul qilganidan beri Seul Pxenyanga qarshi 10-marta sanksiyalar kiritmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 iyul kuni Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In boshchiligida qattiq yoqilg‘i dvigateliga ega “Xvason-18” qit’alararo ballistik raketasi sinovdan o‘tkazilgandi. Sinovlar davomida raketa 1001 km masofani bosib o‘tdi va Yaponiya dengiziga quladi. Maksimal parvoz balandligi 6648 kilometrni tashkil etdi. Raketa havoda 74 daqiqa bo‘ldi, bu KXDRda ishlab chiqilgan qit’alararo ballistik raketalar uchun eng uzoq parvoz bo‘yicha rekord hisoblanadi. Kecha, 13 iyul kuni Jakartada to‘rt kunlik yig‘ilishi davom etayotgan Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) Tashqi ishlar vazirlari Shimoliy Koreya tomonidan raketa uchirilishidan xavotir bildirdi va Koreya yarim orolining yadrosizlanishi tarafdori ekanini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In sanktsiya Janubiy Koreya Shimoliy Koreya Seul Pxen'yan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing