Sertifikatli tibbiyot talabalariga qo‘shimcha stipendiya to‘lanadi
Jamiyat
−
15 avgust 2023
39422023/2024 o‘quv yilidan O‘zbekistondagi tibbiyot oliy ta’lim muassasalari hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlarida tahsil oluvchi, xorijiy tillarni yaxshi o‘zlashtirgan talabalar rag‘batlantirib boriladi. Bu bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vaziri Amirullo Inoyatovning 2023 yil 11 avgustdagi tegishli buyrug‘i qabul qilindi.
Unga ko‘ra, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlarida ta’lim oluvchi, kamida 7,5 ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi xalqaro tan olingan sertifikatga (IELTS Academic) hamda nemis va fransuz tilini bilish darajasini belgilovchi C1 xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan talabalarga 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab, ularning sertifikati amal qilish davrida bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari miqdorida har oylik stipendiya to‘lab borish tartibi joriy etiladi.
Mazkur stipendiya Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 7 apreldagi PQ-4666-son qarorining 4-bandida nazarda tutilgan tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalariga beriladigan to‘lovga qo‘shimcha ravishda beriladi.
Buning uchun tibbiyot oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlari direktorlari tomonidan har chorakda ushbu stipendiyani olishga talabgor bo‘lgan nomzodlar to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma’lumotlar vazirlikning Ilm-fan va ta’lim boshqarmasiga kiritib borishi belgilangan.
LiveBarchasi