Putin musulmonlarga murojaat bilan chiqdi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin rossiyalik musulmonlarga Hayit bayramini uyda nishonlashni tavsiya qildi. Bu haqda bugun, 19 may kuni “Izvestiya“ nashri xabar qildi.

Dog‘iston rahbariyati va jamoatchiligi vakillari bilan uchrashuvda davlat rahbari Islom dini izdoshlari orasida 23 may kuni yakunlanadigan Ramazon oyi davom etayotganini ta’kidlab o‘tdi. U ushbu oyda musulmonlarni yig‘inlar va jamoaviy ibodatlarda qatnashmaslikka chaqirgan.

“Men Respublikaning ushbu bayramga qanday munosabatda bo‘lishini, urf-odatlarning qanday saqlanishini bilaman. Shuningdek, ruhoniylar musulmonlarni ushbu bayramni uyda nishonlashga, jamoaviy ibodatlardan va do‘stlar bilan katta ziyofat uyushtirish odatlaridan voz kechishga chaqirmoqda“. deydi Putin.

Uning qo‘shimcha qilishicha, musulmonlar o‘z sog‘liqlari uchun yuqoridagi bayram tadbirlaridan voz kecha oladi. Shuningdek, ular o‘z rahbarlarining tavsiyalariga amal qiladi.

“Ushbu tavsiyalarga albatta quloq solinadi deb umid qilaman“, deydi Rossiya rahbari

Eslatib o‘tamiz, Hayit bayrami 24 may kuni nishonlanishi ko‘zda tutilgan. ushbu kunda o‘qiladigan jamoat namozlari bir qancha hududlarda bekor qilinmoqda. Xususan, Rossiya poytaxti Moskva shahri va Tojikiston Республикасида Hayit namozi bekor qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Dog'iston Musulmonlar

Baholaganlar

968

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing