Sergey Lazarevning klipini namoyish etgan telekanal jarimaga tortildi
Madaniyat-san’at
−
02 dekabr 2023
9884Taniqli xonanda Sergey Lazarevning 2017 yilda chiqarilgan “Tak krasivo” video-klipini efirga uzatgan musiqiy kanal – “Aiva TV” Sankt-Peterburg sudi tomonidan jarimaga tortildi. Bu haqda “Meduza” nashri xabar berdi.
Bunga videoda LGBT tashviqoti borligi sabab qilib keltirilgan. Telekanal mamlakat Ma’muriy kodeksining 6.21-moddasi 3-qismi bilan (internetda noan’anaviy jinsiy aloqalar va jinsni o‘zgartirishni targ‘ib qilishda) aybdor deb topilgan.
Sud qaroriga ko‘ra, telekanal egasi ushbu ish uchun 500 ming rubl (5 ming 480 AQSH dollari) miqdorida jarima to‘lagan.
Ma’lumot uchun, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 2022 yil dekabr oyida kattalar orasida LGBT tashviqoti, pedofiliya va jinsni o‘zgartirishni taqiqlovchi qonunni imzoladi. Shundan so‘ng, teleseriallardan LGBTga ishora qiluvchi sahnalarni kesish va bunday targ‘ibot aks etgan filmlarni e’lon qilgan onlayn kinoteatrlarni jarimaga tortish boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 30 noyabrda Rossiya Oliy sudi “LGBT vakillarining xalqaro jamoat harakati”ni ekstremistik deb tan oldi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr