Sergey Lavrov keyingi hafta O‘zbekistonga keladi

Jamiyat

image

14 aprel kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan MDH davlatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashining (TIVK) yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda vazirlik rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qilgan

“14 aprel kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida qatnashadi. Ushbu tadbir Samarqandda bo‘lib o‘tadi”, deb ma’lum qilgan u.

Zaxarovaning ta’kidlashicha, uchrashuv chog‘ida Tashqi ishlar vazirlari dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashadi. Hamdo‘stlik formatida ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilinadi. Shuningdek, 2022 yilda vazirliklarning hamkorlik natijalari sarhisob qilinadi. 

“Xalqaro xavfsizlik masalalariga, shuningdek, huquqni muhofaza qilish, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalaridagi aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratish rejalashtirilmoqda”, deya qo‘shimcha qilgan Zaxarova.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13-14 aprel kunlari Samarqand yana bir xalqaro tadbirga mezbonlik qiladi. Shaharda 13 aprel kuni Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya Federatsiyasi vazirlari ishtirokida Afg‘oniston bo‘yicha yig‘ilish, 14 aprelda esa MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

MDH Sergey Lavrov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing