Sergelidagi yong‘in hali ham o‘chmadi. Yordamga vertolyotlar jalb qilindi (video)

Jamiyat

image

28 sentyabr kuni tunda Toshkent shahri Sergeli tumanidagi “Quruvchilar” dahasida "Inter Logistics" MCHJga qarashli omborxonada kuchli portlash sodir bo‘ldi. Hali hamon yong‘inni o‘chirish ishlari davom etmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Yong‘in soat 05:02 da qurshab olingan. FVV xodimlari tomonidan yong‘inni o‘chirish ishlari davom etmoqda. 

“FVV xodimlarining tezkor harakatlari natijasida yong‘in maydoni qisqartirilib borilmoqda. Voqea joyida dastlabki daqiqalardan boshlab FVV rahbariyati hamda kuch va vositalari, shuningdek, tegishli tashkilotlar xodimlari ish olib bormoqda”, deyiladi xabarda.

Yong‘in kelib chiqish sababini aniqlash maqsadida FVVning maxsus laboratoriyasi hodisa joyida ish olib bormoqda. Voqea joyida FVV rahbarligida shtab tashkil etilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan yong‘inni o‘chirishga vertolyotlar jalb etilganini ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 28 sentyabr kuni poytaxtning Sergeli tumanidagi “Quruvchilar” dahasida "Inter Logistics" MCHJga qarashli omborxonada kuchli portlash sodir bo‘ldi. Voqea joyida Milliy gvardiya otryadi ishlamoqda. Shuningdek, portlash oqibatida 17 yoshli yigit vafot etgani aytilgandi. Ammo Sog‘liqni saqlash vazirligi hech kim vafot etmaganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Sergelidagi portlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing