Sergelidagi omborxonada portlash yuz berdi. Bir kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi omborxona binolaridan birida gaz-havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Kecha, 31 iyul kuni soat 19:30 da Qo‘shqo‘rg‘on mahallasidagi omborxonada gaz-havo aralashmasi portlagan. Hodisa oqibatida omborxona binosidan tashqari, mazkur korxonaning ma’muriy binosi ham vayron bo‘lgan. Bundan tashqari, qo‘shni binoda joylashgan nonvoyxona ham qisman zarar ko‘rgan.

Portlash natijasida korxonaning bir ishchisi vafot etgan, uch kishi turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, hodisaga binoda gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan. Hodisa joyida FVV qutqaruvchilari, IIV, prokuratura va boshqa tegishli idoralar vakillari ish olib bormoqda.

Vazirlik bu dastlabki ma’lumotlar ekanini, holat yuzasidan yangilik bo‘lishi bilan e’lon qilinishini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

portlash

Baholaganlar

152

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing