Sergelidagi maktabdan ayol kishining murdasi topildi

3-sahifa

image

Poytaxt Toshkentning Sergeli tumanidagi 47-maktab hovlisidan 44 yashar ayolning murdasi topildi. Bu haqda Toshkent shahar prokuraturasi matbuot kotibi Xurshida Rahmonova QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi. 

Sergeli tumani Ichki ishlar bo‘limiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, joriy yilning 1 dekabr kuni soat 7:30 atrofida Qo‘yliq-5 mavzesida joylashgan 47-sonli maktab hududida Sirdaryo viloyati, Sardoba tumani, “Qo‘rg‘ontepa” MFYda doimiy ro‘yxatga turuvchi, 1979 yilda tug‘ilgan M.M.ning murdasi aniqlangan. 

Sud-tibbiyot ekspertizasining 1 dekabrdagi dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, fuqaro M.M. o‘limi surunkali yurak ishemik kasalligi, kardioskleroz, o‘tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi, alkagoldan o‘tkir zaharlanish, bosh yuqori va pastki lab yumshoq to‘qimalari lat yeyishi, pastki lab ezilib yirtilgan yarasi, yuz, tana, qo‘l va oyoq sohalari qontalashmalari va teri shilinmalari, ichki a’zolari to‘laqonligi natijasida vujudga kelgan.

Voqea joyiga tuman prokurori Toshkent shahar prokuraturasi navbatchi tergov-tezkor guruhi yetib borgan.

“Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deydi Rahmonova.


Maqola muallifi

Teglar

maktab Sergeli murda Ichki ishlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing