Sergelida janjal ko‘targan “Humo” mahallasi oltiga bo‘linadi

Jamiyat

image
Berganning betiga qarama, bermaganning... Sergelida ko‘chaga chiqqanlarning dardi pul emas – adolat! north_east

Berganning betiga qarama, bermaganning... Sergelida ko‘chaga chiqqanlarning dardi pul emas – adolat!

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Toshkent shahar hokimining “Sergeli tumanidagi “Humo” mahallasi hududiy chegarasini o‘zgartirish va yangi mahallalarni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Qaror bilan Geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasining 2020 yil 3 avgustdagi 07-B-37-sonli bayoni, xalq deputatlari Sergeli tuman Kengashining 2020 yil 2 avgustdagi “Sergeli tumanidagi “Humo” mahallasi hududiy chegarasini o‘zgartirish va yangi mahallalarni tashkil etish hamda nomsiz ko‘chalarga nom berish to‘g‘risida”gi 76/2-12-sonli qarori va “Humo” mahallasining hududiy chegarasini o‘zgartirish va yangi mahallalarni tashkil etish hamda nomsiz ko‘chalariga nom berish to‘g‘risidagi iltimosnomasi ma’qullanadi.

Sergeli tumanidagi “Humo” mahallasining hududiy chegaralarini qayta ko‘rib chiqish hisobiga yangi tashkil etilayotgan mahallalar ro‘yxati va ularning nomlari

1

Yangi tashkil etilayotgan mahallalar chegaralari va tavsifi

“Humo” mahallasi

Markazi: 3B-mavzesidagi 8-ko‘p qavatli uy

Aholi: 8024 ta

Oila: 2675 ta

Mirzo Tursunzoda ko‘chasi va Shokirariq kanali kesishgan joydan Shokirariq kanalining chap tomoni bo‘ylab Qo‘rg‘ontepa ko‘chasigacha, Qo‘rg‘ontepa ko‘chasining chap tomoni bo‘ylab Shokirariq ko‘chasigacha, Shokirariq ko‘chasining chap tomoni bo‘ylab Mirzo Tursunzoda ko‘chasigacha, Mirzo Tursunzoda ko‘chasining chap tomoni bo‘ylab Shokirariq kanaligacha bo‘lgan chegaralarda.

“Yangi turmush” mahallasi 

Markazi: 3A-mavzesidagi 25-qo‘p qavatli uy

Aholi: 5256 ta

Oila: 1752 ta

Mirzo Tursunzoda ko‘chasi va Shokir ariq kanali kesishgan joydan Shokir ariq kanalining o‘ng tomoni bo‘ylab Qo‘rg‘ontepa ko‘chasigacha, Qo‘rg‘ontepa ko‘chasining o‘ng tomoni bo‘ylab Mehrigiyo ko‘chasigacha, Mehrigiyo ko‘chasining o‘ng tomoni bo‘ylab Mirzo Tursunzoda ko‘chasigacha, Mirzo Tursunzoda ko‘chasining o‘ng tomoni bo‘ylab Shokir ariq kanaligacha bo‘lgan chegaralarda.

“Yangi Hayot” mahallasi

Markazi: 332-maktab binosi

Aholi: 8790 ta

Oila: 4395 ta

Ko‘rg‘ontepa ko‘chasi va 1-tor Ko‘rg‘ontepa ko‘chasi kesishgan joydan 1-tor Ko‘rg‘ontepa ko‘chasining o‘ng tomoni bo‘ylab 332-maktabgacha, 332-maktab hududi va 88-uyni qamrab olgan holda Katta halqa yo‘ligacha, Katta halqa yo‘lining o‘ng tomoni bo‘ylab, Qo‘rg‘ontepa ko‘chasigacha, Qo‘rg‘ontepa ko‘chasining o‘ng tomoni bo‘ylab 1-tor Ko‘rg‘ontepa ko‘chasigacha bo‘lgan chegaralarda.

“Oriyat” mahallasi

Markazi: 332-maktab binosi

Aholi: 4028 ta

Oila: 2008 ta

1-tor Ko‘rg‘ontepa ko‘chasi va 332-maktab kesishgan joydan 1-tor Ko‘rg‘ontepa ko‘chasining o‘ng tomoni bo‘ylab, 3-tor Qo‘rg‘ontepa ko‘chasigacha, 3-tor Ko‘rg‘ontepa ko‘chasining o‘ng tomoni bo‘ylab Katta halqa yo‘ligacha, Katta halqa yo‘lining o‘ng tomoni bo‘ylab, 88-uygacha, 88-uy va 332-maktabning qamrab olmagan holda 1-tor Qo‘rg‘ontepa ko‘chasigacha bo‘lgan chegaralarda.

“Marhamat” mahallasi

Markazi: 331-maktab binosi

Aholi: 9450 ta

Oila: 4725 ta

Ko‘rg‘ontepa ko‘chasi va 1-tor Ko‘rg‘ontepa ko‘chasi kesishgan joydan 1-tor Ko‘rg‘ontepa ko‘chasining chap tomoni bo‘ylab 9-qurilish hududidagi ichki ko‘cha bo‘ylab 45 va 37-ko‘p qavatli uylarni qamrab olgan holda Shokirariq ko‘chasigacha, Shokirariq ko‘chasining chap tomoni bo‘ylab Qo‘rg‘ontepa ko‘chasigacha, Qo‘rg‘ontepa ko‘chasining chap tomoni bo‘ylab 1-tor Qo‘rg‘ontepa ko‘chasigacha bo‘lgan chegaralarda.

“Gulshanobod” mahallasi

Markazi: 331-maktab binosi

Aholi: 4450 ta

Oila: 2225 ta

1-tor Qo‘rg‘ontepa ko‘chasi va 9-qurilish hududidagi ichki ko‘cha kesishgan joydan 46, 47 va 50-ko‘p qavatli uylarni qamrab olgan holda ichki yo‘l bo‘ylab Shokirariq ko‘chasigacha, Shokirariq ko‘chasining o‘ng tomoni bo‘ylab 2-tor Ko‘rg‘ontepa ko‘chasigacha, 2-tor Qo‘rg‘ontepa ko‘chasining o‘ng tomoni bo‘ylab 10-qurilishi hududini qamrab olgan holda Katta halqa yo‘ligacha, Katta halqa yo‘lining o‘ng tomoni bo‘ylab 2-tor Qo‘rg‘ontepa ko‘chasigacha, 2-tor Qo‘rg‘ontepa ko‘chasining o‘ng tomoni bo‘ylab 1-tor Qo‘rg‘ontepa ko‘chasigacha, 1-tor Qo‘rg‘ontepa ko‘chasining o‘ng tomoni bo‘ylab 46-ko‘p qavatli uygacha bo‘lgan chegaralarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan yordam muhtoj aholiga 380 mlrd so‘m tarqatish belgilandi. Pullarni tarqatishdagi qonunbuzarliklar ko‘plab joylarda bo‘lgani kabi Sergelidagi “Humo” mahallasida aholi e’troziga sabab bo‘ldi. Odamlar ko‘chaga chiqib, mas’ullardan adolat talab qildi. Voqea joyiga hokim Jahongir Ortiqxo‘jayev borib, pul beriishi kerak bo‘lgan oilalarni mahalli ahli aniqlab berishini taklif qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Sergeli mahalla

Baholaganlar

92

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing