Sergelida janjal ko‘targanlarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar janjallashayotgani va avtomashina odamlarni urib yuborgani aks etgan videotasvirlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 3 iyul kuni taxminan soat 23:00 larda Sergeli tumani Qo‘yliq-5 dahasida o‘zaro tanish bo‘lgan bir nechta fuqarolar K.F., B.A., T.J., F.R., I.U.lar og‘zaki kelishmovchilik sababli janjallashib ketgan. 

Janjal oqibatida uch nafar fuqaro tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan. Hozirda ularning ahvoli qoniqarli. Vafot etgan yoki og‘ir jarohat olganlar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Gumondor shaxslar ushlangan. Tergov davom etmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi gul do‘konida sotuvchiga qo‘l ko‘tarib, janjal ko‘targan shaxs ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sergeli tumani janjal ko'targanlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing