Sergelida Shahnoza Mirziyoyeva loyihasi asosida 2 ta bog‘cha ochildi
Jamiyat
−
19 Sentabr 2019
16741Poytaxt Toshkentning Sergeli tumanida ikkita yangi maktabagacha ta’lim tashkiloti faoliyatini boshladi. E’tiborli jihati shundaki, MTT O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – MTV Maktabgacha ta’lim sohasi siyosatini shakllantirish va yuritish bosh boshqarmasi boshlig‘i Shahnoza Mirziyoyeva loyihasi asosida yaratilgan. MTT ochilish marosimida Shahnoza Mirziyoyeva ham ishtirok etdi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi rahbari Agrippina Shin Sergelidagi maktabgacha ta’lim maskani haqida so‘z yuritar ekan, barchaga ushbu zamonaviy va shinam bog‘chalar loyihasi muallifi Shahnoza Mirziyoyeva ekanligini ma’lum qildi
Toshkent shahri Sergeli tumanida Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan “Baxtli bolalik”va “Bilimlar mamlakati” deb nomlangan ikkita davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu zamonaviy bog‘chalar Tumanning Qumariq hamda 5A dahasida joylashgan bo‘lib, shu paytgacha O‘zbekistonda faoliyat yuritgan MTTlardan tubdan farq qiladi, deb yozmoqda “Sputnik”.
Yirik javonlar o‘rnini mobil modullar egallagan. O‘yin va o‘quv qurollari bolalar bo‘yi yetadigan joyda joylashgan. Guruhlar va yo‘laklarda nutq va yozish, bilimni rivojlantirish, ijod, qurilish, konstruksiyalash va mateamatika, syujet o‘yinlari, kutubxona kabi ko‘plab markazlar mavjud.
"Sergelida bir yo‘la ikkita MTTning ochilishi yana 600 nafar bolalar sifatli maktabgacha ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishini anglatadi. Shuningdek, qisqa muddatli guruhlar ochilib, ularga 240 nafar bolalar qabul qilinadi", deya ta’kidladi ochilish marosimida nutq so‘zlagan Agrippina Shin.
LiveBarchasi