Sergelida Nexia avtobus bekatiga borib to‘qnashdi
3-sahifa
−
25 Sentabr 2025 4471 1 daqiqa
Bugun, 25 sentyabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida Nexia-1 avtobus bekatiga borib to‘qnashdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 15:00 larda Sergeli tumani Yangi Sergeli ko‘chasida 1999 yilda tug‘ilgan haydovchi Yu.M. Nexia-1 rusumli avtomashinasida harakatlanib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan. Oqibatida yo‘l chetidagi avtobus bekatiga urilgan va yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Bildirilishicha, YTH tufayli tan jarohati olganlar yo‘q. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yangihayot tumanida elektrobus 2007 yilda tug‘ilgan qizni bosib ketgani haqida xabar berilgan edi. Haydovchi zudlik bilan avtobus harakatini to‘xtatib, piyoda F.M.ni shifoxonaga olib borgan va unga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi o‘rnatilgan tartibda Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, dastlabki tergovga qadar surishtiruv ishlari boshlangan.
Live
Barchasi