Sergeli yo‘nalishi bo‘ylab metroda harakatlanish 1 yanvargacha bepul bo‘ladi
Jamiyat
−
26 dekabr 2020
7449Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bugun, 26 dekabr kuni Toshkent metropolitenining yana bir muhim bo‘g‘ini – Sergeli yo‘nalishi ishga tushirilishida qatnashgani haqida xabar bergan edik. “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmatining xabar berishicha, yergeli yo‘nalishi bo‘ylab metroda harakatlanish 1 yanvargacha bepul bo‘ladi.
Ma’lum qilinishicha, bugundan boshlab 2021 yil 1 yanvar soat 8:00 gacha ushbu yo‘nalishning “Bekat-1”, “Bekat-2”, “Bekat-3”, “Bekat-4”, “Bekat-5” stansiyalarida harakatlanish bepul bo‘ladi. Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishi 26 dekabr soat 16:00 dan boshlab xizmat ko‘rsata boshladi.
Biroq bepul xizmat faqat yangi yo‘nalishdan transportga chiqilganda amal qiladi. Agar yo‘lovchi Chilonzor yo‘nalishida transportga chiqqan bo‘lsa xizmat pullik bo‘ladi.
Sergeli yo‘nalishi ochilishi munosabati bilan Olmazar bekati bugun ertalab soat 05:00 dan kechki 13:00 gacha texnik sabablarga ko‘ra yopilgan edi.