Sergeli tumaniga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
25 avgust 2020 23334 1 daqiqa
Bugun, 25 avgust kuni Xalq deputatlari Sergeli tumani Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tumanga yangi hokim tayinlandi.
Bir vaqtlarda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Elbek Shukurov hokim etib tayinlangan.
Elbek Shukurov 1988 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2009 yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.
2018-2020 yillarda Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, 2020 yildan hozirgi vaqtgacha O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari sifatida ishlagan.
Joriy yilning avgust oyi boshida Sergeli tumani hokimi Baxtiyor Abduvohidovich Shomurodov lavozimidan ozod etilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr