Ot izini toy bosar. “Arqadag‘”ning o‘g‘li “Turkmaniston Qahramoni” bo‘ldi

Olam

image

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovga mamlakat mustaqilligi va taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi uchun “Turkmaniston Qahramoni” unvoni berildi. Bu haqda “Turkmaniston. Oltin asr” nashri xabar berdi.

Nashrning yozishicha, kecha, 24 sentyabr kuni Turkmaniston Xalq Maslahati (Xalq kengashi) yig‘ilishida Berdimuhamedovga “Turkmaniston Qahramoni” unvonini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tgan. Marosimda mamlakat parlamenti spikeri Dunyogo‘zal Gulmanova “Turkmaniston Prezidenti Berdimuhamedov Serdar Gurbanguliyevichga “Turkmaniston Qahramoni” unvonini berish to‘g‘risida”gi mamlakat parlamenti qarorini o‘qib eshittirgan.

Hujjatga ko‘ra, davlat rahbari ushbu unvon bilan mamlakat milliy mustaqilligi asoslarini, uning betarafligi tamoyillarini mustahkamlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi, davlatni jadal rivojlantirish, xalqaro nufuzini mustahkamlashdagi alohida xizmatlari uchun berilgan.

“Muhtaram Turkmaniston Prezidenti Berdimuhamedov Serdar Gurbanguliyevichga “Altyn A” (Oltin Yarim oy) oltin belgisini topshirish bilan eng oliy darajadagi – Turkmaniston Qahramoni unvoni bilan taqdirlansin”, deyiladi qarorda.


Maqola muallifi

Teglar

Serdar Berdimuhamedov Turkmaniston Qahramoni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing