Serbiya Prezidenti O‘zbekistonga keldi (foto)
Jamiyat
−
28 Oktyabr 2025 6709 1 daqiqa
Bugun, 28 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich rafiqasi hamrohligida rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, Aleksandr Vuchichni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib olgan.

Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida muzokaralar o‘tkaziladi, ularda O‘zbekiston – Serbiya hamkorligini yanada rivojlantirishning istiqbollari muhokama qilinadi.

Shuningdek, Aleksandr Vuchich faxriy mehmon sifatida shu hafta Samarqand shahrida boshlanadigan UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ham ishtirok etadi.


Eslatib o‘tamiz, avvalroq Serbiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib Momchilo Babich tayinlangandi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr