Seoul Mun’dagi kanalda 17 yoshli yigit cho‘kib ketdi
3-sahifa
−
22 avgust 2025 8493 1 daqiqa
Bugun, 22 avgust kuni Toshkent shahridagi Seoul Mun sayilgohi hududidan o‘tgan kanalda 17 yoshli yigit cho‘kib ketdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga javoban Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2008 yilda tug‘ilgan bola “Bo‘rijar” kanaliga tushib ketgan bosh kiyimini olish maqsadida suvga tushgan va oqib ketgan. Hozirda “Bo‘rijar” kanalida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘i hududida joylashgan plyajda bir yigit suvga cho‘kib, halok bo‘lgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025