Seoul Mun’da cho‘kib ketgan yigitning jasadi topildi
3-sahifa
−
25 avgust 16209 1 daqiqa
Kecha, 24 avgust kuni Toshkent shahridagi Seoul Mun sayilgohi hududidan o‘tgan kanalda cho‘kib ketgan 17 yoshli yigitning jasadi topildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga javoban Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 22 avgust kuni 2008 yilda tug‘ilgan bola “Bo‘rijar” kanaliga tushib ketgan bosh kiyimini olish maqsadida suvga tushgan va oqib ketgan.
Shamsutdinovga ko‘ra, ayni damda tekshiruv xarakatlari davom etmokda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘i hududida joylashgan plyajda bir yigit suvga cho‘kib, halok bo‘lgandi.