Inspektor “Bo‘rijar”da cho‘kayotgan 13 yashar bolani qutqarib qoldi (video)

Jamiyat

image

Bugun, 6 avgust kuni Toshkent shahridagi “Bo‘rijar” kanaliga cho‘kayotgan 13 yashar bola qutqarib qolindi. Bu haqda Yakkasaroy tumani hokimligi matbuot kotibi ma’lum qildi.

Bildirilishicha, "Bo‘rijar" kanalida cho‘milish vaqtida 13 yashar bola cho‘kayotganini ko‘rgan Yakkasaroy tumani IIO FMB Post-patrul xizmati inspektori Rasul Jo‘rayev o‘zini suvga tashlagan va bolani qutqarib, sog‘-salomat holda suvdan olib chiqqan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda inspektor bilan birga yana bir fuqaro bolani suvdan olib chiqayotganini ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining Vobkent tumanida mast erkak qo‘liga pichoq olib, o‘zini o‘ldirish bilan tahdid qilgandi. Profilaktika inspektori esa uni zararsizlantirib, suiqasdning oldini olgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing