Sensatsiya: stol tennisi bo‘yicha JCHda yevropaliklar g‘olib bo‘ldi

Sport

image

Kecha, 29 noyabr kuni AQSHning Xyuston shahrida stol tennisi bo‘yicha Jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. Ahamiyatlisi, unda 18 yildan so‘ng ilk marta Yevropa vakillari oltin medalga ega chiqishdi.

Ushbu voqelik erkaklar o‘rtasidagi juftlik dasturida kuzatildi. Unda shvetsiyalik Mattias Falk hamda Kristian Karlson dueti finalda Janubiy Koreya vakillari Jang Vujin va Lim Jongxun raqobat olib borishdi. Qolgan barcha yo‘nalishlardagi oltin medallarga Xitoy tennischilari egalik qildi. 5 karra Olimpiada chempioni xitoylik Ma Long esa musobaqada ishtirok etmadi.

Erkaklar, yakkalik:

1. Fan Zeng Dong (Xitoy)
2. Truls Moregard (Shvetsiya)
3. Timo Boll (Germaniya)
3. Lyan Szin Kun (Xitoy)

Ayollar, yakkalik:

1. Van Manyuy (Xitoy)
2. Sun Insha (Xitoy)
3. Men Chen (Xitoy)
3. Van Yidi (Xitoy)

Erkaklar, juftlik:

1. Mattias Falk / Kristian Karlson (Shvetsiya)
2. Jang Vujin / Lim Jongxun (J.Koreya)
3. Lyan Szinkun / Lin Gaoyuan (Xitoy)
3. Yukiya Uda / Shunsuke Togami (Yaponiya)

Ayollar, juftlik:

1. Sun Insha / Van Manyuy (Xitoy)
2. Mima Ito / Xina Xayata (Yaponiya)
3. Men Chen / Sian Tianyi (Xitoy)
3. Ni Sialian / Sara de Nutte (Niderlandiya)

Miks:

1. Van Chukin / Sun Insha (Xitoy)
2. Tomokazu Xarimoto / Xina Xayata (Yaponiya)
3. Lin Yunji / Chen Iching (Xitoy Taipeyi)
3. Lin Gaoyuan (Xitoy) / Lili Chjan (AQSH)

So‘nggi bor 2003 yil Fransiyaning Parij shahrida o‘tgan dunyo birinchiligida avstriyalik Varner Shlager yakkalik dasturida Jahon chempioni bo‘lgan edi. Shundan so‘ng, barcha yo‘nalishlarda faqat osiyolik stol tennischilar oltin medallarni qo‘lga kiritishgan.

Ma’lumot uchun, mazkur musobaqada O‘zbekiston nomidan Zohid Kenjayev ishtirok etdi va saralashning birinchi davrasidayoq musobaqa bilan xayrlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Fan Zeng Dong Van Man'yuy Mattias Fal'k Kristian Karlson Sun Insha Stol Tennisi

Baholaganlar

29

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing