Senatorlarga guvohnomalari topshirildi
Jamiyat
−
19 yanvar 2020
7453Bugun, 19 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolariga guvohnomalar va ko‘krak nishonlari topshirildi. Bu haqda Senat Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qonunchilikka ko‘ra, (O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14-moddasi) Markaziy saylov komissiyasi Senat a’zosiga guvohnoma va ko‘krak nishoni beradi. Shundan kelib chiqib Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov senatorlarga guvohnomalar va ko‘krak nishonlarini topshirdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisi 2020 yil 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Sarvar Anvar o‘g‘li
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023