Senatning to‘qqizinchi yalpi majlisi boshlandi

Jamiyat

image

Bugun, 20 noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva olib bormoqda.

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkaziladigan yalpi majlisda quyidagi masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan: 

•    “Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida”; 

•    “Mulkdorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”;

•    “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”;

•    “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”;

•    “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston Respublikasi qonunlari.


Maqola muallifi

Teglar

Senat

Baholaganlar

44

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing