Chexiya Sog‘liqni saqlash vaziri iste’foga chiqdi

Olam

image

Chexiya Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Adam Voytex bugun, 21 sentyabr kuni iste’foga chiqishini e’lon qildi. U Pragadagi brifingda shunday bayonot bilan chiqdi. 

“Men iste’foga chiqdim. Men o‘z ishimni imkon qadar yaxshi bajarishga harakat qildim. Menga ishonib topshirilgan ishni sidqidildan bajardim. Uch yil ichida biz juda ko‘p ishlarning uddasidan chiqdik”, deydi sobiq vazir. 

Voytex iste’foga chiqish to‘g‘risidagi arizani Chexiya Bosh vaziri Andrey Babishga taqdim etdi. Ishdan ketayotgan siyosatchi o‘z vorisidan respublikadagi yomonlashgan epidemiologik vaziyatni yengish uchun yaxshiroq imkoniyatga ega bo‘lishini kutmoqda. 

Chexiyada 1 sentabrdan boshlab koronavirus infeksiyasiga chalinganlar tez sur’atlar bilan ko‘paymoqda. 17 sentyabr kuni yuqtirganlar sonining kunlik o‘sishi birinchi marta 3 mingdan oshib, 3 ming 129 tani tashkil etdi. Mutaxassislar uning yanada ko‘payishini taxmin qilmoqda. Eng qiyin epidemik vaziyat poytaxt Pragada kuzatilmoqda.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti kuz-qish mavsumida Yevropada koronavirusga chalinganlar yanada ortishi, o‘lim soni ko‘payishi mumkinligidan ogohlantirgandi. 

Ayni vaqtda Chexiyada koronavirusga chalinganlar 49 290 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 24 755 nafari sog‘aygan, 503 nafari vafot etgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Chexiya Adam Voytex

Baholaganlar

16

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing