Chexiya va Janubiy Afrika bahsi durang bilan tugadi

Sport

−

image

Bugun, 18 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionatining “A” guruhidan o‘rin olgan Chexiya va Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi. AQSHning Atlanta shahridagi “Mersedes-Bens” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan tugadi.

O‘yinda hisob 6-daqiqada ochildi. Chexiya yarim himoyachisi Mixal Sadilek jamoasini oldinga olib chiqdi. Janubiy Afrika Respublikasi esa uchrashuvning so‘nggi qismida muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. 83-daqiqada bosh hakam Tori Penso chexlar darvozasi tomon penalti belgiladi va Teboxo Mokoena undan samarali foydalanib, hisobni tenglashtirdi.

Shu tariqa, jamoalar bir ochkodan qo‘lga kiritdi. Ushbu guruh doirasidagi 2-bahsda Janubiy Koreya – Meksika qarama qarshiligi bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan ertaga, 19 iyun kuni 6:00 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, “A” guruhining so‘nggi turida Chexiya terma jamoasi Meksikaga qarshi maydonga tushsa, Janubiy Afrika Respublikasi Janubiy Koreya bilan bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing