Babayanning bosh murabbiylikka qaytayotgani rad etildi
Sport
−
23 may 2019
5079Bugun turli ijtimoiy tarmoqlar orqali taniqli mutaxassis, o‘z vaqtida “Paxtakor” va O‘zbekiston milliy terma jamoalarini boshqargan Samvel Babayan Toshkentning “Lokomotiv” klubiga bosh murabbiy etib tayinlanishi haqida xabarlar tarqaldi.
Bunday xabarlarning urchishiga sabab, so‘nggi vaqtlarda temiryo‘lchilarning ichki va xalqaro maydonlarda ko‘rsatayotgan qoniqarsiz natijalari sabab bo‘lmoqda. Natijalar, tabiiyki, jamoa muxlislari va klub rahbariyatini qoniqtirmayotgani bor gap.
Biroq, “Lokomotiv” klubi rasmiylarining ma’lum qilishicha, Andrey Fyodorov iste’foga chiqarilmagan. Har holda temiryo‘lchilarni O‘zbekiston superligasi 10-tur uchrashuvlari doirasidagi “Nasaf”ga qarshi safar o‘yiniga aynan Fyodorov boshqarib boradi. Mazkur o‘yinda qayd etilajak natija ko‘p jihatdan Fyodorovning kelgusi taqdiriga oydinlik kiritib beradi.
Shunday ekan, Samvel Babayan bugun bo‘lmasa keyinroq “Lokomotiv” bosh murabbiyiga aylanib qolishi ham ehtimoldan xoli emas.
Eslatib o‘tamiz, Andrey Fyodorov 2018 yilning aprel oyida Andrey Miklyayev o‘rniga “Lokomotiv” bosh murabbiyi etib тайинланgaн edi.
LiveBarchasi