Senatning navbatdagi majlisi qachon chaqirilishi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
27 Sentabr
2432Senatning ellik sakkizinchi yalpi majlisini joriy yilning 30 sentyabr kuni chaqiriladi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2024 yilning 25 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisda Senatning ellik sakkizinchi yalpi majlisini joriy yilning 30 sentyabr kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Bildirilishicha, videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladigan yalpi majlisda qator masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan.
Jumladan, qishloq xo‘jaligi kooperativi, temiryo‘l transporti, xalqaro bitimlarni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunlar hamda bir qator boshqa qonunlar kun tartibidan o‘rin olgan.
Shuningdek, senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash masalasini ham ko‘rib chiqishni rejalashtirgan.
LiveBarchasi