Senat yangi Soliq kodeksini ma’qulladi. 2020 yildan soliq turlari 13 tadan 9 tagacha qisqartirilyapti

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, bugun, 14 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma beshinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

Senatorlar ishni “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun xujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasining muhokamasidan boshladi.

Yangi Soliq kodeksi loyihasi yuzasidan Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi, senator Muhamat Jumageldiyev o‘z fikrlarini bildirib, kelasi yildan soliq turlari 13 tadan 9 tagacha qisqartirilayotganini aytib o‘tdi. Xususan, yagona yer solig‘i, davlat boji, bojxona to‘lovlari va tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq turlari bekor qilinmoqda.

Shuningdek, yangi Soliq kodeksi qabul qilinishi bilan 13 ta Qonunga o‘zgartirish kiritilyapti, 7 ta qonun o‘z kuchini yo‘qotadi.

Ta’kidlanishicha, yangi Soliq kodeksi bilan iqtisodiyotga tushadigan soliq yukini kamaytirishga, shu bilan birga, soliq solishning soddalashtirilgan va umumbelgilangan tizimi bo‘yicha soliqlar to‘laydigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida soliq yuki darajasidagi tafovutlarni bartaraf etishga qaratilgan.

Qonun loyihasi muhokamasidan keyin Senat raisi Tanzila Norboyeva loyihalarni muhokamaga qo‘ydi. Senatorlar mazkur Qonun loyihalarini qabul qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Soliq kodeksi 25-yalpi majlis

Baholaganlar

76

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing