Senat Sardoba toshqinidan jabr ko‘rgan tadbirkorlarning zarari byudjetdan qoplanishini ma’qulladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download
“O‘zbekiston temir yo‘llari” yangi elektrichkalar sotib oladi north_east

“O‘zbekiston temir yo‘llari” yangi elektrichkalar sotib oladi

Senat Kengashi Sardoba toshqinidan jabr ko‘rgan tadbirkorlarning zararini qoplash uchun talab etiladigan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi byudjetidan bosqichma-bosqich ajratish taklifini ma’qulladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, majlisda Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba suv ombori” to‘g‘onida yuz bergan texnogen holat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rib chiqilgan.

Joriy yil aprelida Sirdaryo viloyatida suv toshqini talofatlarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar doirasida Hukumat komissiyasi tomonidan baliqchilik, chorvachilik va parrandachilik yo‘nalishlariga ixtisoslashgan tadbirkorlik sub’ektlariga yetkazilgan zarar miqdorini qoplash hamda irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini qurish-ta’mirlash ishlari uchun zarur bo‘ladigan mablag‘ miqdori (126 mlrd so‘m) hisoblab chiqilgan.

Senat Kengashi talab etiladigan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan bosqichma-bosqich ajratish taklifini ma’qulladi.

Esatib o‘tamiz, avvalroq Sardoba suv ombori yorilishi aybdorlariga sud hukmi o‘qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sardoba

Baholaganlar

23

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing