Sardobaga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
05 iyun
5209Sirdaryo viloyatidagi Sardoba tumaniga Ziyodulla Karimov hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun, 5 iyun kuni xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev qatnashgan sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rildi.
Sessiyada ayni kunga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Ziyodulla Danabayevich Karimov tuman hokimi etib tasdiqlandi.
Ma’lumot uchun, Ziyodulla Karimov 1979 yilda Sayxunobod tumanida tug‘ilgan. 2001 yilda O‘zbekiston milliy universiteti, 2007 yilda Toshkent Moliya instituti va 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent viloyatidagi Ohangaron tumaniga Doniyor Madirimov hokim etib tayinlangandi.