Senat raisiga ba’zi vakolatlar topshirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi byudjetini shakllantirish va ijro etishning yangi mexanizmlari joriy etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga  o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 12 iyulda qabul qilingan

Senat tomonidan 2019 yil 24 avgustda ma’qullangan

1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi 432–II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 12, 213-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011 yil, № 4, 101-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 4-modda; 2019 yil, № 3, 157-modda, № 5, 261-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:

1) 14-moddaning birinchi qismi:

13-bandidagi “senatorlar va Senat devoni ishlashi uchun zarur xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi 131 va 132-bandlar bilan to‘ldirilsin:

“131) Senatning xarajatlari smetasini shakllantirish va bajarishga doir ishlarga umumiy rahbarlikni hamda ularni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;

132) Senatga ajratilgan byudjet mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi farmoyishlarni imzolaydi”;

2) 32-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Senat faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi va ushbu byudjetda alohida satrda nazarda tutiladi”.

2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi 434–II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 12, 215-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008 yil, № 12, 637-modda; 2011 yil, № 4, 101-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 4-modda; 2019 yil, № 3, 157-modda, № 5, 261-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:

1) 14-moddaning (Senat raisining vakolatlari)  birinchi qismi:

13-bandidagi “deputatlar va Qonunchilik palatasi devoni ishlashi uchun zarur xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi 131 va 132-bandlar bilan to‘ldirilsin:

“131) Qonunchilik palatasining xarajatlari smetasini shakllantirish va bajarishga doir ishlarga umumiy rahbarlikni hamda ularni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;

132) Qonunchilik palatasiga ajratilgan byudjet mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi farmoyishlarni imzolaydi”;

2) 37-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Qonunchilik palatasi faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi va ushbu byudjetda alohida satrda nazarda tutiladi”.

3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi 522–II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, № 9–10, 136-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008 yil, № 12, 637-modda; 2009 yil, № 4, 136-modda; 2011 yil, № 4, 101-modda; 2013 yil, № 4, 95-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019 yil, № 1, 1-modda, № 3, 157-modda, № 5, 261, 265-moddalar) 35-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“35-modda. Qonunchilik palatasining xarajatlari smetasi

Qonunchilik palatasining xarajatlari, shu jumladan parlamentlararo va xalqaro hamkorlikka doir xarajatlari smetasi Qonunchilik palatasi devoni tomonidan Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi bilan birgalikda tuziladi.

Qonunchilik palatasining kelgusi yil uchun xarajatlari smetasi har yilgi indeksatsiya hisobga olingan, joriy yildagi haqiqiy xarajatlardan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.

Qonunchilik palatasining xarajatlari smetasi Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Qonunchilik palatasi xarajatlarining tasdiqlangan smetasi uni O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining shakllantiriladigan loyihasiga kiritish uchun joriy yilning 1 iyulidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi”.

4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi 523–II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, № 9–10, 137-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 163-modda; 2009 yil, № 4, 136-modda; 2011 yil, № 4, 101-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019 yil, № 1, 1-modda, № 3, 157-modda, № 5, 261, 265-moddalar) 

34-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“34-modda. Senatning xarajatlari smetasi

Senatning xarajatlari, shu jumladan parlamentlararo va xalqaro hamkorlikka doir xarajatlari smetasi Senat devoni tomonidan Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi bilan birgalikda tuziladi.

Senatning kelgusi yil uchun xarajatlari smetasi har yilgi indeksatsiya hisobga olingan, joriy yildagi haqiqiy xarajatlardan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.

Senatning xarajatlari smetasi Senat Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Senat xarajatlarining tasdiqlangan smetasi uni O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining shakllantiriladigan loyihasiga kiritish uchun joriy yilning 1 iyulidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi”.

5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.

6-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyev


Maqola muallifi

Teglar

byudjet Senat Qonunchilik palatasi

Baholaganlar

10

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing