Senat raisi nogironlarning sarson qilinishi va hujjatbozlikni tanqid qildi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, bugun 3 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev mjlisdagi chiqishida Senatga fuqarolardan kelib tushayotgan ko‘plab murojaatlarni e’tiborga olib, yana bir muammo – nogironlikni belgilash borasidagi kamchiliklar sabablari dastlabki tarzda o‘rganib chiqilganini ma’lum qildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Qayd etilganidek, mamlakatda nogironligi bo‘lgan 608 mingdan ziyod shaxslar istiqomat qiladi.

Ularga zarur tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Tibbiy- ijtimoiy xizmatlar agentligi tashkil etilgan, Davlat byudjetidan salmoqli mablag‘lar yo‘naltirilmoqda.

“Biroq, nogironligi bor shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, uni belgilashda qator qiyinchiliklar va sun’iy to‘siqlar yuzaga kelmoqda”, dedi Nig‘matilla Yo‘ldoshev.

“Xususan, normativ - huquqiy hujjatlardagi tafovutlar hamda tashkiliy ishlardagi xatoliklar tufayli nogironning anatomik va fiziologik nuqsonlari aniq ko‘rinib turganiga qaramasdan, ular qator tibbiy ko‘riklardan qayta-qayta o‘tmoqda, mutaxassislarning eshigi oldida asossiz ravishda “muruvvat” kutmoqda.

Bundan tashqari, tegishli qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qo‘shimcha hujjatlar nogironlardan asossiz talab etilmoqda. Mehnat daftarchasidan ko‘chirma, fuqarolar yig‘inidan ma’lumotnoma, nikoh guvohnomasi, ishdan bo‘shaganlik to‘g‘risidagi hujjatlar shular jumlasidandir.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi: tabiatan shundoq ham ko‘ngli yarim insonlarni sarson qilish kimga va nima uchun kerak?

Yillar davomida amalda bo‘lgan talab va me’yorlarni zamonga mos tarzda takomillashtirish bo‘yicha aniq choralar nega shu paytgacha ko‘rilmayapti?

Byudjet mablag‘larini maqsadli sarflashni iddao qilayotgan mutasaddilarning talablari faqat nogironlarga qaratilganmi?

Bu borada Hukumat chuqur tahlillar o‘tkazib, muammolarni bartaraf qilish choralarini ko‘rishiga umid qilamiz”, dedi Nig‘matilla Yo‘ldoshev.


Maqola muallifi

Teglar

Nig'matilla Yo'ldoshev yalpi majlis nogironlik

Baholaganlar

20

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing