Senat Prezident xavfsizlik xizmatiga oid qonunni ko‘rib chiqadi

Jamiyat

image

Joriy yilning 27 may kuni Navoiy viloyatida Oliy Majlis Senatining Mudofaa va havfsizlik masalalari qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining navbatdagi yalpi majlisiga kiritilgan masalalar dastlabki tarzda muhokama etildi. Bu haqda Senat Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqilgan. Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bo‘lib, uni qabul qilish zarurati quyidagi omillar bilan asoslangan:

  • 2018 yilning yanvar oyida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yopiq qarorlari bilan tartibga solingan bo‘lib, ochiq tarzdagi normativ-huquqiy xujjatlar mavjud emas;
  • Prezident davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilari hamda qo‘riqlanuvchi shaxslarning xavfsizligini ta’minlashga jalb etilgan boshqa huquqni muxofaza qiluvchi organ va kuch ishlatuvchi tuzilmalar xodimlari tomonidan xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida o‘q otar qurolni qo‘llashning aniq tartibi belgilanmagan.

Qayd etilishicha, qonunning qabul qilinishi Prezident davlat xavfsizlik xizmati faoliyatini takshil etish uchun shaffof huquqiy bazani yaratish, fuqarolarning Prezident davlat xavfsizlik xizmati bilan o‘zaro munosabatlardagi huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini MDH davlatlari bilan imzolangan xalqaro shartnomalarga muvofiqlashtirish imkonini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident

Baholaganlar

264

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing