Senat olti erkak tomonidan zo‘rlangan kelin masalasiga munosabat bildirdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, Andijon viloyatida olti erkak 5 oylik kelinchakni zo‘rlashda gumonlanayotgani haqida xabar bergan edik. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

Jamoatchilikni g‘azablantirgan ushbu holat bo‘yicha Oliy Majlis Senati rasmiy munosabat bildirib, vaziyat nazoratga olinganini ma’lum qildi.

“Andijon viloyati Andijon tumani “Qoraqalpoq” MFY hududidagi Zaripak ko‘chasida joylashgan dala shiyponi da besh nafar erkak 18 yoshli kelinni zo‘rlagani va jabrlanuvchi qonunbuzarlarga nisbatan chora ko‘rilishini so‘rab murojaat qilgani haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.

Mazkur holat Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tomonidan nazoratga olindi”, deyiladi yuqori palata Matbuot xizmati xabarida.

Bugun, 17 may kuni Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasiga dastlabki ma’lumotlarni taqdim etgan.

Ma’lumot uchun, mazkur voqea joriy yilning 13 may kuni sodir bo‘lgan. Gumonlanuvchilar esa o‘sha kuni “Qoraqalpoq” MFY hududiga borganini aytib, jabrlanuvchi bilan jinsiy aloqa qilganini rad etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Senat

Baholaganlar

1340

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing