Oliy sudning 3 nafar sudyasi lavozimidan ozod etildi

Jamiyat

image

Senat Oliy sudning 3 nafar sudyasini lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Senatning o‘ttiz to‘qqizinchi yalpi majlisida Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilgan.

Senat quyidagi sudyalarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etish haqida qaror qabul qildi:

  • Sarvarbek Azimjonovich Rahmonov;
  • Ibrohim Mirzarahimovich Alimov;
  • Azamat Shodmonovich Ikromov.

Ular yaqinda Prezident farmoyishi bilan  tizimda rahbarlik lavozimlariga tayinlangan.

Shuningdek, senatorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Oliy sud sud'ya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing