Senat kimyoviy qurollar to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, kecha, 19 iyun kuni Oliy Majlis Senatining beshinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Yalpi majlisda senatorlar “O‘zbekiston Respublikasining Bo‘g‘uvchi, zaharli yoki boshqa shu kabi gazlar va bakteriologik vositalarning urushda qo‘llanilishini taqiqlash to‘g‘risidagi Protokolga (Jeneva, 1925 yil 17 iyun) qo‘shilishi to‘g‘risida”gi qonunni ko‘rib chiqdi.

Ushbu Protokol 1972 yilning 10 aprel kuni Moskva, London va Vashington shaharlarida imzolangan bakteriologik (biologik) va toksik qurollar zaxirasini yig‘ish, ishlab chiqish va ishlab chiqarishni taqiqlash va ularni yo‘q qilish to‘g‘risidagi Konvensiya talablarini mustahkamlovchi hamda to‘ldiruvchi hujjat hisoblanadi.

Bugungi kunda ushbu Jeneva protokoliga dunyoning 142 ta davlati, MDH mamlakatlaridan Armaniston, Moldaviya, Rossiya, Tojikiston, Ukraina hamda Qirg‘iziston qo‘shilgan.

Senat a’zolari mazkur Qonunning qabul qilinishi respublika mudofaa sohasining samarali tizimini ta’minlash hamda uni rivojlantirishda alohida o‘rin egallashini, qolaversa, O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a’zosi bo‘lishi yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek, mazkur Protokolga qo‘shilish O‘zbekiston Respublikasining mudofaa sohasidagi milliy qonunchilik me’yorlariga mos kelishi qayd etildi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.


Maqola muallifi

Teglar

kimyoviy qurol Senat

Baholaganlar

88

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing