Senat qonunni rad qildi. Yangi jarima joriy qilinmaydi

Jamiyat

image
O‘zbekistonda yangi jarima joriy qilinyapti north_east

O‘zbekistonda yangi jarima joriy qilinyapti

Oliy Majlis Senati yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga tomorqa yer uchastkalaridan oqilona foydalanilishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi Qonuni muhokama qilindi.

Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks yerga egalik qiluvchining taklifiga asosan belgilangan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish haqida rasman ogohlantirilganligiga qaramay tomorqa yer uchastkasidan asossiz ravishda oqilona foydalanmaganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi 65-1-modda bilan to‘ldirilmoqda.

Ya’ni, tomorqaga o‘z tanlovi asosida biron-bir qishloq xo‘jalik ekini ekmagan fuqarolar, avval ogohlantiriladi. Keyin bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarimaga solinadi. Agar mazkur holat ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa, bu qiymat uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda bo‘lishi belgilanmoqda.

Biroq ushbu norma amaliyotda turlicha talqin qilinishiga olib kelishi mumkin. Jumladan, undagi tomorqa yer uchastkasidan “asossiz ravishda” yoki “oqilona” foydalanmaslik yoxud “samarasiz” foydalanish kabi tushunchalar qonun hujjatlarida ochib berilmagan. Bu esa tegishli idoralar tomonidan javobgarlikka tortishda korrupsiya va boshqa suiiste’molliklarga zamin yaratadi.

Hozirgi kunda O‘zbekiston Prezidentining ko‘rsatmasiga asosan “Shaxsiy tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Unda yuqoridagi kabi qonun hujjatlarida mavhum bo‘lgan tushunchalarni ochib berish, shaxsiy tomorqadan samarali foydalanish va aholi daromadini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilayotgan qo‘shimcha tez kunlarda o‘zining dolzarbligi va ahamiyatini ham yo‘qotadi.

Shu jihatdan qonunni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Senat yalpi majlis tomorqa

Baholaganlar

336

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing