Senat Farg‘ona vodiysidagi energiya ta’minotidagi muammolarni o‘rganadi

Jamiyat

image
Sovuqdan muzlab o‘lyapmiz — Toshloq tumani aholisi gaz va elektr so‘rab bosh ko‘tardi (video) north_east

Sovuqdan muzlab o‘lyapmiz — Toshloq tumani aholisi gaz va elektr so‘rab bosh ko‘tardi (video)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan Farg‘ona vodiysi viloyatlarida tabiiy va suyultirilgan gaz, ko‘mir hamda elektr energiyasi bilan ta’minlash holatini o‘rganish bo‘yicha Ishchi guruhi tuzildi. Bu haqda Senat raisi Tanzila Norboyeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Ishchi guruhi viloyatlardagi Monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmalarida  soat 14:00 dan 18:00 ga qadar:

•    Namangan shahrida 27 noyabr kuni;
•    Andijon shahrida 28 noyabr kuni;
•    Farg‘ona shahrida 29 noyabr kuni qabul qiladi.

Avvalroq, QALAMPIR.UZ Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanidagi "Do‘stlik" MFY aholisi gaz umuman yo‘qligi, elektr energiyasi sutkada bir soat berilishini aytib, norozilik bildirayotgani haqida xabar bergan edi. Odamlar sovuqdan muzlab o‘layotgani va tuman hokimi ham "ho‘p, ho‘p" degancha, yo‘q bo‘lib ketganini aytib shikoyat qilgan.

Ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonga qish kelmasidan energetika ta’minotida jiddiy muammolar ko‘rina boshladi. Viloyatlarda gazni umuman topib bo‘lmay qolgan bo‘lsa, elektr energiyasi kunning ma’lum vaqtidagina yoqiladigan bo‘ldi.

Joriy yilning 25 noyabr kuni energetika sohasi rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida energetika vaziri Alisher Sultonov kuz-qish mavsumiga yetarlicha tayyorgarlik ko‘rilganini ta’kidladi. U elektr energiyasi va gaz ta’minotidagi muammolarni noyabr oyidagidek vaziyat oldin kuzatilmagani bilan izohlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Senat energiya ta'minoti

Baholaganlar

137

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing