Selin Dion oddiy hayot kechirishga qaror qildi

Madaniyat-san’at

image

“Titanik” filmining saundtreki uchun kuylagan “My Heart Will Go On” nomli qo‘shig‘i bilan dunyoga tanilgan kanadalik xonanda Selin Dion endilikda oddiy hayot kechirishga qaror qildi. Bu haqda u o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Dion o‘zining uchta o‘g‘li Rene-Charlz Anjelil, Eddi va Nelson bilan suratini ijtimoiy tarmoqqa joylab, postning tagida shunday izoh qoldirdi. 

"Ko‘pchiligingiz bilganingizdek, 2022 yilning kuzida menga mushaklarning qotib qolishi sindromi tashxisi qo‘yilgan. Ushbu autoimmun kasallikni yengishga urinish mening hayotimdagi eng qiyin tajribalardan biri bo‘ldi. Lekin men bir kun kelib sahnaga qaytaman. Hozir esa iloji boricha normal hayot kechirishga qaror qildim. Farzandlarim, oilam, jamoam va barchangizning mehr-muhabbat va qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun chuqur minnatdorlik bildiraman”, deydi qo‘shiqchi.

Ma’lumot uchun, dunyo bo‘ylab 2 milliongacha odamda uchraydigan mushaklarning qotib qolishi sindromi vaqt o‘tishi bilan yomonlashadigan og‘riqli qattiqlikni va mushaklarning spazmlarini keltirib chiqaradi. Ushbu sindrom nevrologik va autoimmun kasallik bo‘lib, o‘zining ekstremal shakllarida odamlarning yurishiga yoki kundalik hayotiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Bu kasallikning davosi yo‘q, ammo simptomlarni dori vositalari bilan boshqarish va yengillashtirish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida Selin Dion shu sindromi tufayli tanasini boshqara olmay qolgani haqida xabar berilgandi.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Selin Dion

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing