Sberbank SWIFT’dan uzilish bo‘yicha murojaat bilan chiqdi

Olam

image

Sberbank odatdagidek ishlamoqda, SWIFT’dan uzilish xalqaro hisob-kitoblardagi mavjud vaziyatni o‘zgartirmaydi. Bu haqda tashkilot Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

“Sberbank normal ishlamoqda. Asosiy cheklovlar allaqachon mavjud. SWIFT’dan uzilish xalqaro hisob-kitoblardagi mavjud vaziyatni o‘zgartirmaydi. Ichki operatsiyalar SWIFT’ga bog‘liq emas va bank tomonidan standart rejimda amalga oshiriladi”, deyiladi bank xabarida. 

Kecha, 30 may kuni Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketini kelishib oldi, xususan, Rossiya neftini import qilishga qisman embargo va Sberbankni SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzish. 

Mart oyi boshida Yevropa Ittifoqi VTB, “Rossiya” va “Otkritiye” banklari, Novikombank, Promsvyazbank, Sovcombank va VEBni SWIFT tizimidan uzishga qaror qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sberbank SWIFT

Baholaganlar

691

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing