Yanada yaqinroq: “Kapitalbank”da 0% dan pul o‘tkazmalari

Biznes

image

Ikki valyutali o‘tkazmalarni amalga oshirishda barcha tizimlarda komissiyasiz tariflar amal qiladi.

“Kapitalbank” ATB filiallarida pul o‘tkazmasini dunyoning istalgan nuqtasiga bir necha daqiqada quyidagi tizimlar orqali qabul qilish yoki yuborish mumkin: Western Union, Money Gram, Contact, SWIFT, Unistream va “Zolotaya Korona”.

Pul o‘tkazmasini yuborish uchun siz shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishingiz va mamlakat va shaharning nomini, shuningdek qabul qilib oluvchining ismi va familiyasini ko‘rsatishingiz lozim. Bank operatorlari naqd shakldagi pulni ham, naqdsiz shakldagi pulni ham qabul qiladilar. Bir martalik pul o‘tkazmasi miqdori tizim va tarifga qarab 100 million so‘mgachani tashkil etishi mumkin.

Shuningdek, “Kapitalbank” da 0% dan jozibali tariflar ham amal qiladi. Taklif faqat ikki valyutali pul o‘tkazmalariga taalluqlidir.

“Ikki valyutali pul o‘tkazmalarni amalga oshirishda barcha tizimlarda komissiyasiz tariflar amal qiladi. Bu nimani anglatadi? Ikki valyutali pul o‘tkazmasi amalga oshirilganda, chiqarish valyutasi yuborish valyutasidan farq qiladi (konvertatsiya tizim kursi bo‘yicha amalga oshiriladi). Masalan, siz Toshkentdan 100 AQSH dollarini jo‘natyapsiz, Moskvada esa qabul qiluvchiga amaldagi kurs bo‘yicha Rossiya rublida beriladi”, deb tushuntirdi chakana biznes departamenti direktori Naima Mirzayeva.

“Kapitalbank”ning rasmiy saytida qulay pul o‘tkazmasi shaklini tanlash va tariflar bilan tanishishingiz mumkin
“Kapitalbank” ijtimoiy tarmoqlarda:

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Telegram bot: @KapitalbankBot

"Kapitalbank" ning yagona axborot xizmati: (+998 71) 200-15-15.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Western Union Money Gram Contact SWIFT Unistream

Baholaganlar

35

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing