Sayyoradagi eng baland temiryo‘l ko‘prigi ochildi

Olam

image

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi mamlakat shimolidagi Jammu va Kashmir viloyatida Chenab daryosi ustidagi dunyodagi eng baland temiryo‘l ko‘prigida harakatni ochdi. Bu haqda “Hindustan Times” gazetasi xabar berdi.

“Jammu va Kashmirni Hindistonning qolgan qismi bilan birinchi marta temiryo‘l orqali bog‘laydigan Chenab daryosi ustidagi ko‘prik mintaqada transport infratuzilmasi va turizm industriyasini rivojlantirishga yordam beradi. Bu buyuk voqea Hindiston xalqining birligi va irodasini ifodalaydi”, dedi Modi.

Himolay tog‘lari etaklarida Chenab daryosi ustida qurilgan ko‘prik uzunligi 1,3 km bo‘lib, uning markaziy qismi 467 metr, daryo yuzasidan 359 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, u sayyoradagi eng baland temiryo‘l ko‘prigi hisoblanadi.

Yangi ko‘prik Kashmirda kam uchraydigan zilzilalarga, shuningdek, 74 m/s gacha bo‘lgan shamolga bardosh bera oladi.

Ko‘prikni qurish uchun dunyodagi eng uzun deb tan olingan noyob kabel kranidan foydalanilgan. Loyihaning qiymati taxminan 160 million dollarni tashkil etdi.

Tashrif davomida Modi, shuningdek, Kashmir shaharlarini Hindistonning boshqa qismlari bilan bog‘laydigan Udhampur–Srinagar–Baramulla temiryo‘l liniyasini ham ochdi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Narendra Modi temiryo'l ko'prigi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing