Sayyorada yangi urush o‘choqlari paydo bo‘lishi mumkin – Putin

Olam

image

Ichki muammolarda boshqa davlatlarni ayblashga urinishlar harbiy kuch ishlatish xavfini oshirmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin “Davosskaya nedelya”da qilgan chiqishida so‘zladi.

“Savdo to‘siqlaridan foydalanish, noqonuniy sanksiyalar, moliyaviy, texnologik, axborot sohalarini cheklash – qoidalarsiz bunday o‘yin bir tomonlama harbiy kuch ishlatish xavfini keskin oshiradi. Bu – jiddiy xavf”, deydi Putin.

Rossiya rahbari u yoki bu bahona bilan harbiy kuch ishlatilishini nazarda tutayotganini ta’kidladi.

“Bu sayyoramizda yangi urush o‘choqlarini paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bu masala hammamizni havotirga solmay iloji yo‘q”, deydi Putin.

Shuningdek, Rossiya rahbari yaqin o‘n yillikda dunyo duch keladigan aniq tahdid xalqaro muammolarning yanada keskinlashishi ekanini aytib o‘tdi.

“Biz tashqi siyosiy tashviqot ritorikasining o‘sib borayotganini sezmoqdamiz. Itoatkor, boshqariladigan sun’iy yo‘ldoshlarning roliga rozi bo‘lmagan mamlakatlarga bosim va amaliy harakatlar mohiyati yanada tajovuzkor bo‘lishini kutish mumkin”, deydi Rossiya Prezidenti.

Harakatlarni birlashtirish

Rossiya Prezidenti muhim daqiqalarda, mavjud raqobatga qaramay, mamlakatlar o‘z kuchlarini hal qiluvchi sohalarda birlashtirishi kerakligiga amin.

“Menimcha, hozirgi davrda vaziyatni chin dildan baholash, xayoliy muammolarga emas, balki xalqaro hamjamiyat uchun juda muhim bo‘lgan nomutanosibliklarni bartaraf etish va haqiqiy global muammolarga e’tibor qaratish juda muhimdir”, deydi Rossiya rahbari.

Putin mamlakatlar o‘rtasida sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish zarur bo‘lgan sohalardan biri sifatida “sayyoraning iqlimi va tabiatini saqlab qolish”ni ko‘rsatdi.

“Faqatgina birgalikda global isish, o‘rmon resurslarining kamayishi, biologik xilma-xillikning yo‘qolishi, chiqindilarning ko‘payishi va okeanning plastik ifloslanishi kabi muhim muammolarni hal qilishda oldinga siljishimiz mumkin.

Hozirgi va kelajak avlodlar uchun iqtisodiy rivojlanish va atrof-muhitni muhofaza qilish manfaatlari o‘rtasida maqbul muvozanatni topish kerak”, deydi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti.


Maqola muallifi

Teglar

Putin sakntsiya urush o'chog'i

Baholaganlar

1195

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing