Sayyora Xo‘jayeva Sardoba fojiasining chaylalarda yashayotgan jabrlanuvchilarini borib ko‘rdi

Jamiyat

image

Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanidagi Besh yuz qishlog‘ida Sardoba toshqinidan zarar ko‘rgan odamlar chayla va yarimvayrona uylarda yashashga majbur bo‘lyapti. Bu haqda Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori Sayyora Xo‘jayeva Facebook`dagi sahifasida ma’lum qildi.

Sayyora Xo‘jayevaning ma’lum qilishicha, u Bolalar ombudsmani Aliya Yunusova bilan Sardoba suv ombori toshishidan zarar ko‘rgan hududlarga borib, aholi bilan uchrashgan.

“Oqoltin tumanining Besh yuz nomli qishlog‘idagi axvolini o‘rgandik. Rasmlarni ko‘rib o‘zlaringiz xulosa chiqaraveringlar! Aholi bilan gaplashganda qo‘p narsalar aniqlandi, zo‘ravon va o‘zboshimcha Baxtiyer Xolqo‘ziyev - oqsoqollar kengashi raisining qiliqlariyu soliqchilarning o‘yinlari”, deydi Xo‘jayeva.

U Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga Sardoba ishlar talaygina ekanini ta’kidlab o‘tgan. Xo‘jayeva uylar ham urug‘-aymoqchilik asosida tarqalayotganini qo‘shimcha qilgan.

Shu yerda Akmal Burhonov Agentligiga ish boshdan oshib yotibdi ekan, chunki u raxbarlar o‘z bilganidan qolmasdan, uy joylarni taqsimlashda, birinchi galda qarindosh urug‘lariga, Ozoda Nursaidovadan xam kvartirani, muhtoj bo‘lmagan qiziga olib bergan. Xalq, deputatlaridan xam, juda norozi! Albatta, biz qo‘rganlarimizni qog‘ozga tushirib kerakli joylarga taqdim etamiz, ammo baribir bitta savol qiynaydi, qachon ayrim raxbarlarga insof kirar ekan?”, deya taassurotlari bilan bo‘lishgan Sayyora Xo‘jayeva.


Maqola muallifi

Teglar

Sayyora Xo'jaeva

Baholaganlar

357

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing